TATUda academica loyihasining monitoringi o‘tkazildi
01.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

29-mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti(TATU)da Yevropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “ACADEMICA: O‘quv dasturini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda oliy ta’limni muvofiqlashtirish» loyihasining monitoring uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Monitoring uchrashuvini K.Bahadirov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu uchrashuvning maqsadi va vazifalari haqida qisqacha ma’lumot berdi. So‘ngra loyihaning mahalliy koordinatori TATU «Axborot xafvsizligini ta’minlash” kafedrasi dosenti S.Yusupov ACADEMICA loyihasining maqsad-vazifalari, amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi ish rejalari haqida, loyiha menejeri Nargiza Usmonova esa loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida taqdimot qildi.

K.Bahadirov loyihani amalga oshirish doirasida moliyaviy sxemalar, TATU uchun e-learning imkoniyatlarni ko‘rib chiqish, institusional darajada loyiha natijalarini baholash to‘g‘risidagi savollarga javob berdi. Loyiha ishtirokchilari bilan munozaralar asosida monitoring uchrashuvining dastlabki natijalari bo‘yicha xulosa qilindi.

Monitoring hisoboti Yevropa Komissiyasi Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat ijroiya agentligiga (EACEA) yuboriladi va agentlik tomonidan monitoring xulosalari loyihaning asosiy koordinatori, ya’ni grant oluvchiga taqdim etiladi.

Monitoring uchrashuvida loyiha ishtirokchilari va universitet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi (NEO) eksperti Kudratxon Bahadirov TATU o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Fayzilla Agzamov bilan uchrashdi va loyihaning universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi darajasi muhokama etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq