IUT va SKYLINE IT-mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qiladi
01.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda SKYLINE kompaniyasi tomonidan yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida IUT hamda SKYLINE O‘zbekistonda IT-sanoatni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun texnologik markaz tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Texnologik markaz  IUT talabalarini dasturiy ta’minotlar hamda innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga jalb etadi.

Shuningdek, SKYLINE kompaniyasi IUT talabalarini innovatsion mahsulotlar hamda servislarni yaratish va ishlab chiqarishga ham jalb etishni maqsad qilgan.

Kompaniya universitet talabalarini haq to‘lanadigan malaka oshirishga, shuningdek, hamkorlikda simsiz aloqa, robototexnika va sun’iy tafakkur sohasidagi tanlov va tadbirlar o‘tkazishga ham jalb etish masalasini ko‘rib chiqadi.

Memorandum doirasida SKYLINE O‘zbekistonda STEM-ta’limni rivojlantirish dorasida yoshlar uchun hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirishga homiylik yordamini ko‘rsatishni ham rejalashtirmoqda. Bu esa o‘z navbatida, yoshlarni ilm-fanga, matematikaga, texnologiyaga va muhandislikka bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev: “Biz SKYLINE kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Universitet hamda biznesning hamkorligi axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga, umuman O‘zbekistonning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Umid qilamizki, SKYLINE bilan hamkorlik yaqin orada o‘zining ijobiy natijalarini beradi”.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq