Huaweining barcha bo‘linmalari tushumlar o‘sganini ma’lum qildi
01.04.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi o‘tgan yil yakunlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniyaning Carrier, Enterprise va Consumer Business Group deb nomlanuvchi uchta bo‘linmasining har biri tushumlar hajmining sezilarli ravishda o‘sishiga erishgan.

Kompaniyaning sof daromadi 0,4 foizga ko‘payib, 5,3 mlrd dollarga etdi, tushumlarning umumiy miqdori esa 32 foizga ortib, 75,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Boshqalariga nisbatan yirikroq bo‘lgan Huawei Carrier bo‘linmasining tushumlari yillik nisbatda 24 foizga ko‘payib, 41,8 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Barcha sotuvlarning 34 yarim foizini qamrab oluvchi Huawei Consumer BG bo‘linmasi esa tushumlar hajmi 47 foizga o‘sib, 25,9 mlrd dollarga etgani haqida hisobot berdi. Shu bilan birga smartonlar sotuvi 29 foizga ko‘payib, 139 mln donani tashkil etgani ham habar qilindi. Bularning barchasi yangi R9 modeli tufaylidir.

Eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Enterprise bo‘linmasida kuzatildi. Uning tushumlari miqdori 47 foizga ko‘payib, 5,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

O‘sishning asosiy vositasi hamda eng yirik bozor Xitoy bo‘ldi. Kompaniyaning barcha tushumlarining 45 foizini o‘z ichiga oluvchi Chin yurtida tushumlar hajmi 41 foizga ko‘paygan.

Undan keyingi yirik bozorlar – Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadir. Ular birgalikda barcha tushumlarning 30 foizini to‘pladi, ko‘rsatkichning o‘zi esa 22 yarim foizga o‘sdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq