Xalqaro ekspertning tashrifi doirasidagi yakuniy mulohazalari
31.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 31 mart kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” qo‘shma loyihasini baholash yuzasidan xalqaro ekspert-tadqiqotchi, falsafa fanlari doktopri Yuriy Misnikov bilan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida xalqaro ekspert, BMTTD qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarga o‘zining ijobiy fikrini bildirish bilan birga, davlat xizmatlari, ochiq ma’lumotlar portali, xakaton konkursi kabi amaliy ishlarni yuksak baholadi.

Y. Misnikov mutaxassis sifatida davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘rkazish borasida Moldava, Estoniya kabi bir necha davlatlarning ham tajribasini o‘rganib ko‘rish tavsiyasini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Misnikov 2014-yilning sentyabridan Sankt-Peterburg shahridagi ATMO (axborot texnologiya, mexanika, optika) universitetining Elektron hukumat texnologiyalari markazining ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib bormoqda. 1993- yildan 2007-yilgacha BMTDning mutaxassisi, shuningdek, Yevropa va MDH davlatlari, Slovakiya, Bratislava(2001-2006-yillar) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini elektron boshqaruv jarayonida qollash sohasidagi hududiy maslahatchi vazifasini bajargan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq