“SAFRAN” kompaniyasining vakillari bilan rasmiy uchrashuv
31.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
30 mart kuni “Elektron hukumat” markazida “Safran” kompaniyasining vakillari xalqaro taraqqiyot masalalari direktorati –prezident yetakchi o‘rinbosari Fransua Perrashon, kompaniyaning Osiyo-Tinch okeani xalqaro direksiyasining prezident o‘rinbosari Sabina Dominjot, Morpho kompaniyasining O‘zbekistondagi maslahatchisi Abdulla Abduqodirovlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, elektron hukumat tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni takomillashtirish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash, axborot tizimini himoya qilishdan iborat masalalarning muhokamasidan iborat bo‘ldi.
Muhokama so‘nggida o‘rganilgan masalalarning ijrosi 2017 yilning sentyabr oyida AKT haftaligi doirasida qayta ko‘rib chiqilishiga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, “SAFRAN” kompaniyasining faoliyati axborot xavfsizligi, identifikatsiyani boshqarish, ichki qonunchilik tizimi, chegara nazorati, bank ishi, telekommunikatsiya, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda portlovchi vositalarni topish, jamoat xavfsizligi, smart-xaritalar tizimiga qaratilgan. Kompaniya barmoq izlari, biometrik belgilarni aniqlovchi uskunalar, biometrik terminal, SIM-karta, elektron darvoza, identifikatsion kartalar ishlab chiqaradi.