Xalqaro ekspert Yuriy Misnikovning “Elektron hukumat” markaziga tashrifi
29.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi ishtirokida “elekron hukumat” tizimi hamda uni boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspert-tadqiqotchi, falsafa fanlari doktori Yuriy Misnikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalqaro ekspert BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihasining Markaz bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyati bilan tanishar ekan, elektron hukumat tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar, bajarilgan ishlar va yutuqlar haqida ma‘lumotga ega buldi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar va muhim loyihalar yuzasidan fikr almashilindi.

Yuriy Misnikov 2014-yilning sentyabridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ATMO (axborot texnologiyalari, mexanika va optika) universitetining Elektron hukumat texnologiyalari markazining ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib bormoqda. 1993-2007 yillarda BMTDning mutaxassisi, shuningdek, Yevropa va MDH davlatlari, Slovakiya, Bratislava (2001-2006 yy.) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini elektron boshqaruv jarayonida qo‘llash sohasidagi hududiy maslahatchi vazifasini bajargan.

1999-2001 yillarda Qirg‘izistondagi BMTDning doimiy vakolatli vakili o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1993-yildan Belorus Davlat shaharsozlik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim sifatida tadqiqot olib borgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq