Microsoft delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
29.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Microsoft Innovation Day” konferensiyasi munosababti bilan yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Uchrashuv mobaynida mehmonlar korporatsiyaning MDH davlatlaridagi loyiha va tajribalari xususida to‘xtalib, Microsoft’ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish yuzasidan qiziqish bildirdilar. Bunga nisbatan O‘zbekiston tomoni ushbu hamkorlik har ikkala tomon uchun ham samarali bo‘lishini qayd etib, davlat boshqaruvida, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar, shuningdek ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ayniqsa, O‘zbekistondagi AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan universitetlar hamda Microsoft o‘rtasidagi IT-ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro aloqalarning istiqboli, ahamiyati to‘g‘risida alohida qayd etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq