Buyrak xastaliklarini tashhislash algoritmini modellashtirish
28.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bir guruh o‘zbek dasturchilari buyrak xastaliklarini tashhislash algoritmini modellashtirishni amalga oshirdilar. Dastur davollash muassasalarda buyrak xastaliklarini tashhislash algoritmini modellashtirish uchun mo‘ljallangan.

Dastur buyrak xastaliklari bo‘lgan bemorlarni davolash usulini to‘g‘ri amalga oshirish, hamroh kasalliklarni va tahlillarni kompyuterlashgan tasvirlarini aniqlash, xatoliklarni baholashda boshlang‘ich ma’lumotlar massivini kompyuter xotirasiga kiritishni o‘z ichiga oladi. Dastur xastaliklarni aniqlash jarayonini modellashtirish uchun ilmiy tadqiqot institutlari, klinika va diagnostikа markazlarida qo‘llanilishi mumkin.

Mualliflar — Alimdjanov Ibroxim, Ganiyeva Marapatxon, Ubaydullayeva Soniya, Xafizova Zimfira, Knyajeva Yelena, Yunusov Dilshod, Boltaboyeva Mukaddasxon, Rustamova Iroda, 3okirov Botirjon, Abdumutalibov Diyorbek va Saliyev Akramjon ushbu dastur uchun № DGU 04152 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq