Xitoyda eng yirik qamrovli 5G testi o‘tkazilmoqda
25.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoyning sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi mamlakatda mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G texnologiyasini testdan o‘tkazish uchun jahonda eng yirik hudud ekanligini ma’lum qildi. 5G-tajriba tarmog‘i Xitot poytaxti Pekinning Xuayjou tumanida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tajribada Huawei Technologies va ZTE kabi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ta’kidlash lo­zimki, Ericsson va Nokia Xitoyda 5G-texnologiyasining rivoji bo‘yicha amalga oshirilgan yettita dasturda ishtirok etgandi. Test sinovlari 2018-yilgacha davom ettiriladi. Sinov bir necha bosqichda o‘tkaziladi, jumladan, texnik yechimlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni yuklash maksimal tezligi 20 Gbit/s. bo‘lgan beshinchi avlod tarmog‘i joriy o‘n yillik oxiriga borib, ishga tushadi.

Manba: http://www.gizmod.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq