Xiaomi 90 Minutes Ultra Smart aqlli krossovkasi $43ga baholandi
25.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xiaomi kompaniyasi Mijia bo‘linmasi 90 Minutes Ultra Smart taxminiy bahosi 43 dollar bo‘lgan aqlli krossovkani taqdim etdi. Krossovka mahoratli sportchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashqlar davrida muhim axborotlarni o‘qish imkonini beruvchi Intel Curie mitti moduli bilan jihozlangan.

Krossovkaning egasi qancha masofani, qanday tezlikda, qancha vaqt mobaynida va qancha kaloriya sarflab, bosib o‘tganligini bilib olishi mumkin. Intel Curie yurish, yugurish va boshqa jismoniy faollik turlarini aniqlash imkonini beradi. Krossovka odatiy foydalanish rejimida zaruratga ko‘ra, ikki oyda bir marta quvvat olishi mumkin.

Xiaomi 90 Minutes Ultra Smart sоtuvga chiqarilishi yaqin vaqtlar mobaynida amalga oshiriladi.

Manba: http://www.ixbt.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq