Uchadigan avtomobil Pop.Up Concept konsepti taqdim etildi
25.03.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Kelajak juda yaqin — Jenevada uchadigan avtomobil Pop.Up Concept konsepti taqdim etildi. Avtomobil Airbus kompaniyasi hamda Italdesign konstruktorlik atelyesi tomonidan ishlab chiqildi.

Yangi model yer yuzida ham harakatlanishi hamda parvoz qilish qobiliyatiga ega. Buning uchun ikkita kuchli elektromodullar bilan jihozlangan. Mazkur yangilik ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan alohida kapsula sifatida taqdim etilgan. Uni ishlab chiqishda no­yob yengil karbondan foydalanilgan. Yerda harakatlanadigan mo­dulning uzunligi 2,6 m, balandligi 1,4 m, kengligi 1,5 m.dan iborat. Havo moduli kattaroq bo‘lib, uning uzunligi va kengligi muvofiq ravishda, 5m va 4,4 m.ga teng. Yangi uchadigan ishlanma ikki qismdan iborat. Mazkur transport vositasidan foydalanish quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: qurilma displeyiga yo‘lga otlanish haqida axborot kiritiladi. Navigatorining o‘zi yo‘nalishga ko‘ra, qaysi moduldan foydalanish talab etilishini belgilaydi. Agar yo‘lda aralash usuldan foydalanish talab etilsa, unda yo‘lovchilarga ikkinchi kapsula mustaqil ravishda yetib oladi.

Bunda qolgan modul avtomatik ravishda quvvat olish joyiga qaytib keladi. Hozircha tezlik ko‘rsatkichlari muhim emas, biroq ishlab chiquvchilar bu sohada hali ishni davom ettirish niyatida­lar. Yer ustida harakatlanuvchi kapsulaning tezligi 100 km/soat, batareyasining quvvati 130 km.ga yetadi. Havo apparati 182 «ot kuchi» quvvatiga ega bo‘lib, o‘z navbatida, tezligi 100 km.dan yuqo­ri bo‘lishi mumkin. Quvvat olish vaqti to‘rt soatni tashkil etadi.

Manba: http://www.italdesign.it

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq