Mustaqil boshqariladigan Volkswagen konsept-kari Sedric deb ataladi
25.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 9–19 mart kunlari Jenevada an’anaviy avtosalon ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 1905-yilda ilk bor tashkil etilgan Yevropa­ning yirik avtomobil ko‘rgazmasi bu yil 87 marta o‘tkazilmoqda. Jeneva avtosalonida Volkswagen kompaniyasining o‘zi mustaqil boshqariladigan avtomobili taqdim etgan.

Yevropada yirik avtomobillar ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Volkswagen kompaniyasi elekt­romobil va mustaqil boshqariladigan texnologiyalar rivojiga alohida e’tibor qaratib, avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan avtomobillarning 2025-yilda 30ta elektromobil modeli, jumladan, Volkswagen I.D. Pilot modelini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Jenevada taqdim etilgan mustaqil boshqariluvchi Volkswagen konsept-kari Sedric deb nomlangan. U Level 5 toifasiga mansub, ya’ni umuman mustaqil harakatlanish qobiliyatiga ega. Sedric saloni to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Elektromobildan foydalanishning imkoniyatlaridan biri — Volkswagen Group tomonidan o‘tgan yil dekabr oyida yaratilgan Moia taksisi servisida ishlashidir.

Manba: http://www.reuters.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq