Kaliforniyada boshqaruv organlariga ega bo‘lmagan va haydovchisiz avtobus sinovdan o‘tkazilmoqda
25.03.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, San-Fransiskoda bir juft har biri 250 000 dollarlik haydovchisiz avtobuslar paydo bo‘ldi. Avtobuslar Kaliforniyada jamoat transportida birinchi haydovchisiz avtobuslar dasturi asosida ishlaydi. Mazkur avtobuslar ko‘pchilik boshqa shunday transport vositalaridan boshqaruv organlari mavjud emasligi bilan farq qiladi.
Avtobuslar haqida shu narsa ma’lumki, u EasyMile fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 12 nafar yo‘lovchini olishga moslashtirilgan. Manbada aytilishicha, avtobuslar bir necha oy maxsus avtoto‘xtash joylarida sinovdan o‘tkaziladi, faqat shundan keyingina loyiha jamoasi mazkur transport vositasidan umumiy foydalanish yo‘llariga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarini olish uchun hujjat rasmiylashtiradi.
Manba: http://ca.reuters.com