Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
25.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston boylab, Muhamma Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek yutimizdagi AKT sohasida ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

7 marotaba o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.

Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 200 ga yaqin korxona va muassasalar, shuningdek davlat organlari mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.

Hukumatimiz tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati, iqtisodiyotning barcha jabhalarida samaradorlikni yanada oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni qo‘llab-quvvatlash masalasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni oshishiga xizmat qilmoqda.

Mehnat yarmarkasida talabalar, kasb-hunar kollejlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tamomlagan yoshlar, jami 20 mingga yaqin ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarda bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq