Yo‘l harakati qoidabuzarliklariga oid bildirishnomalarni yetkazib berish borasida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va IIV YHXBB hamkorligi
23.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Transport vositalari haydovchilari va mulkdorlariga ma’lumki, 2017-yil 15-martdan Toshkent shahrining chorrahalarida o‘rnatilgan kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar to‘ldirilishi va jarimalar yuborilishi boshlandi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda IIV Yo‘l harakati xavfsiligi bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra bu vazifalarni “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan barpo qilingan ishlab chiqarish uchastkasi bajaradi. Ushbu uchastkaning asosiy vazifalari deb, Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar solish to‘g‘risidagi Ichki ishlar vazirligi bayonnomalarini qabul qilib olish, ularni saralash, qog‘ozga ko‘chirish va avtomobil egasining doimiy turar-joyi bo‘yicha bildirishnomalarning yetkazib berilishini ta’minlash kabi ishlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish uchastkasi faoliyatining muhim yo‘nalishi bildirishnomalar yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi axborotlarni ichki ishlar organlari avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga kiritib borish bilan bog‘liq.

Barcha yuklatilgan vazifalarning sifatli va yuqori darajada bajarishi muhimligini inobatga olib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ ishlab chiqarish uchastkasiga yetarlicha yorug‘ xonalar ajratildi, xodimlarning ish joylari zamonaviy texnik uskunalar va kompyuterlar bilan jihozlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq