Elektron xizmatlarni joriy qilishda Britaniya tajribasi o‘rganildi
22.03.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

17 mart kuni poytaxtimizda «Elektron xizmatlarni joriy qilishda Buyuk Britaniya tajribasi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda BMTning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magidagi «Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini ko‘tarish evaziga elektron hukumatni rivojlantirish» loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbatida Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul xodimlari, BMT «Taraqqiyot» dasturi, Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari ishtirok etdilar.

Muhokamalarda qayd etilganidek, Buyuk Britaniya BMTning «elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha jahon reytingida 1-o‘rinda turadi. Binobarin, Britaniya muvaffaqiyatini yaqindan o‘rganish, jumladan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish tajribasini tatbiq etish e-hukumat yaratishga katta e’tibor qaratgan O‘zbekiston uchun juda foydali.

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, elektron hukumatni joriy qilish bo‘yicha muhim islohotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Davra suhbatida ishtirok etgan Buyuk Britaniyaning Raqamli rivojlanish bo’yicha davlat xizmati (GDS) bo‘lim boshlig‘i Daniyel Lou ishtirokchilarning diqqatini «Elektron hukumatga umumdavlat miqyosidagi yondashuv» mavzuidagi taqdimotga qaratdi. Mazkur taqdimot Buyuk Britaniyaning bu yo‘nalishdagi tajribasi xususida. Unga ko‘ra, AKT loyihalarning amalga oshirishning ixcham uslubi, elektron xizmatlar yaratishda foydalanuvchilar fikrini yaqindan o‘rganilishi, shuningdek elektron hukumat arxitekturasining yaxlit platforma shaklida qurilgani aholining elektron xizmatlardan keng foydalanishi, reytingda Britaniyaning 1-o‘ringa ko‘tarilishiga xizmat qilgan.

Shuningdek, «O‘zbekistonda Britaniya tajribasi asosida elektron xizmatlarning joriy qilinishi» mavzusidagi taqdimotda davlat xizmatlarning onlaynga shaklga o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalar chog‘ida ishtirokchilar, jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mas’ul xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha britaniyalik ekspertlar bilan fikr almashdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq