«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali direktori tayinlandi
19.03.2017
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Kravchenko Vladimir Vladimirovich “O‘zbektelekom” AKning 2017 yil 18 martdagi buyrug‘iga asosan UZMOBILE filialining direktori lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha Kravchenko V.V. filialning Tijorat direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“O‘zbektelekom” AKning UZMOBILE filiali 2004 yildan boshlab CDMA-450 standartida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 2014 yil fevral oyida esa birinchi Prezidentimiz Karimov Islom Abduganievichning qarorlariga asosan UZMOBILE ga mobil aloqa milliy operatori maqomi berildi va O‘zbekiston Respublikasi hududini GSM standarti tarmog‘i bilan qamrab olish vazifasi qo‘yildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq