Usenet 2017 xalqaro konferensiyasi 25-aprelda o‘tkaziladi
18.03.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Usenet – digital-tarmoqning bahordagi asosiy voqeasidir. Har yili konferensiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon va Belarus Respublikasidan eng yaxshi ma’ruzachilarni bir maydonda jamlaydi.

To‘rtinchi marotaba uyushtirilayotgan konferensiya yangilangan ko‘rinishda o‘tadi: ikkita parallel sessiya, davra suhbati va tadbir o‘tkazilishi maydonida yana ko‘plab tadbirlar tashkillashtirilishi kutilmoqda.

Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni o‘rganish, marketing, media, PR.

Tadbirda Yandeks, Beeline, Odnoklassniki, Dentsu Aegis Network, Green PR, Rocket, Murad Buildings, Brand.uz, WEBNOW, UFOX, Safaroff Agency top-menejerlari va ekspertlari so‘zga chiqadilar.

Usenet – bu digital olamiga sho‘ng‘ish, yangi amaliy munosabatlarni o‘rnatish, qiziqarli bahslarda ishtirok etish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatidir.

Faqat shu yerda siz Internetda biznesni rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar va samarali yo‘l-yo‘riqlar olishingiz mumkin.

Ma’ruzachilar – shu kabi tadbirlarda muntazam chiqish qiladigan mutaxassislardir. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirganlar. Ularning bilimlari va tajribalari juda noyob, tinglovchilar bilan bo‘lashadigan vositalarini esa, amaliyotga darhol tatbiq etish mumkin.

Konferensiya tashkilotchisi – “Ledokol Group” agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Bosh homiy — Beeline Uzbekistan. Konferensiya homiylari: “Click” mobil bank tizimi va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i. Bosh axborot homiysi — “Yandex”.

Konferensiya borishini tadbirning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi Usenet sahifasi, info-sheriklar saytlarida va Telegram-kanal orqali kuzatish mumkin.

Tadbirda qatnashish bepul. Kirish qat’iyan taklifnomalar asosida. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza berish zarur.

O‘tkazish sanasi va joyi: 25-aprel, “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi.

Manba: press-reliz

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq