TATUda talabalar va yosh olimlar uchun yangi talabalar turar joyi ochildi
18.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va yosh olimlari uchun 318 o‘rinli (A.Temur ko‘chasi 119-uy) Talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari U.A’lamov, Bilayn kompaniyasining bosh direktori D.Shukov, TATU rektori T.Teshabaev hamda universitetning yosh o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Bahor va yangilanish, bag‘rikenglik va saxovat bayrami bo‘lgan Navro‘z arafasida ushbu barcha sharoitlarga ega bo‘lgan talabalar turar joyining Bilayn kompaniyasi yordamida qayta ta’mirdan chiqarilib, topshirilishi universitet talabalari uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. O‘ylamizki, bu kabi imkoniyatlarning yaratilishi talabalarni yanada yaxshi ta’lim olishga, Vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlariga rag‘bat bo‘ladi. O‘z navbatida, hamkorlik uchun Bilayn kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq