“Startap-tashabbus” dasturi tashkilotchilari IUT da taqdimot o‘tkazdilar
18.03.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetida startap-tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydigan dasturning ikkinchi bosqichi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dastur O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda BMTTDning “O‘zbekistonning biznes-forumi (III bosqich)” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha “Sasol” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi ko‘magida moliyalashtirilmoqda.

“Startap-tashabbus” dasturi oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlari, jumladan, o‘qituvchi va tadqiqotchilarning loyihalari hamda startap-g‘oyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Dastur doirasida ishtirokchilar startap-loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha seminarlar, uchrashuvlar va maslahatlarda qatnashdilar. Shaxsiy biznes-murabbiy (treker) loyihani rivojlantirishning barcha masalalari bo‘yicha maslahat berdi va jamoalarni qo‘llab-quvvatladi.

Taqdimot doirasida IUT talabalari va o‘qituvchilari dastur va uning bosqichlarini amalga oshirish bo‘yicha ma’lumot oldilar. Shuningdek, ularga dastur mutaxassislari startap-loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Manba: press-reliz

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq