Raydshering endi O‘zbekistonda
16.03.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Endilikda shaharlararo harakatlanishlar avvalgidek murakkab bo‘lmaydi. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Great Gate” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobilda birgalikdagi sayohat uchun ilova ishlab chiqishdi. Agarda sizda smartfon bo‘lsa, hozirning o‘zida PoPuti.uz ilovasini yuklab olishingiz mumkin. Servis — pul hamda vaqtni tejagan holda butun O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi.

PoPuti.uz loyihasi raydshering servisi hisoblanadi. Raydshering – onlayn-servis yordamida yo‘lovchi-hamroh izlagan holda xususiy avtomobildan foydalanishdir. Bunda yonilg‘iga ketadigan xarajat — avtomobil egasi hamda yo‘lovchi o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi markazida ishlaydigan IUT talabalari, bir necha oy davomida Android va iOS platformasida ishlaydigan mobil ilovalar hamda veb-saytni ishlab chiqdilar.

IUT ning 2-bosqich talabasi Sardor Islomov: “Biz PoPuti.uz mobil ilovalar hamda veb-saytini foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulay qilib, yaratishga harakat qildik. Biz mazkur loyihamiz ustida ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, mazkur loyiha transport-logistika sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi”.

“Mazkur servis yordamida insonlar osongina o‘zlariga yo‘lovchi-hamroh topishlari mumkin. Tizimda shuningdek, chat bo‘lib, uning yordamida avtomobil egasi hamda yo‘lovchi safar vaqtini yoki yo‘nalishini muhokama qilishlari mumkin. Shuningdek, loyiha qatnashchilari bir-birlarini baholashlari mumkin”, — qo‘shimcha qildi Islomov.

Manba: press-reliz

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq