“World of Tanks” yaratuvchilari IUTda muzokaralar o‘tkazdilar
14.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yil 13-mart kuni Wargaming (Belarus) kompaniyasi delegatsiyasi istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdilar.

Qayd etamiz, “Wargaming” kompaniyasi “World of Tanks”, “World of Warships”, “World of Warplanes”, “Hybrid Wars” va shu kabi mashhur kompyuter o‘yinlarining ishlab chiqaruvchisi bo‘lib hisoblanadi.

Uchrashuv davomida IUT vakillari IT-mutaxassislarni tayyorlovchi O‘zbekiston-Koreya universitetining faoliyati hamda o‘quv dasturini takomillashtirish va infratuzilmani rivojlantirish rejalari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

O‘z navbatida, “Wargaming” vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdan asosiy maqsad – bu yerdagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ekanligini qayd etdilar.

“Wargaming” vakillari kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar hamda kompaniyaning ta’lim muassasalari bilan hamkorligi to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida IUT hamda “Wargaming” kompaniyasi vakillari tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Manba: press-reliz

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq