Davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi
13.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

13 mart kuni Toshkent shahrida Buyuk Britaniya tajribasi misolida davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va davlat idoralarining mas’ul mutaxassislari, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Savdo-sanoat palatasi, BMT «Taraqqiyot» dasturining yurtimizdagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Osiyo Taraqiyot banki vakillari ishtirok etdilar.

Treningda Buyuk Britaniyaning Raqamli rivojlanish bo‘yicha davlat xizmati ekspertlari qatnashchilarni Britaniyada «elektron hukumat» tizimining joriy qilinishi, davlat xizmatlarini optimallashtirish bo‘yicha tajriba bilan tanishtirdilar. Shuningdek, trening davomida «elektron hukumat»ni rivojlantirish bo‘yicha Buyuk Britaniyani jahonning yetakchi mamlakatlaridan biriga aylantirgan «Raqamli o‘tish dasturi»ga bag‘ishlangan taqdimotning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Trening 17 martga qadar davom etadi. Shuningdek, tadbir doirasida o‘tkaziladigan «Buyuk Britaniyaning raqamli xizmatlarga o‘tish bo‘yicha tajribasi» mavzusida davra suhbatida trening natijalari sarhisob qilinib, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq