Vazirlik ayollari sport festivalining «Eng faol jamoa»si bo‘ldi
11.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dsturi asosida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 10 mart kuni Toshkent shahrida vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi ayollardan iborat jamoalar ishtirokida sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayollar jamoasi ham faol ishtirok etib, tennis musobaqalarida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi va «Eng faol jamoa»si deb e’tirof etildi.

«Sport – salomatlik va go‘zallik garovi» shiori ostida o‘tkazilgan festival O‘zbekiston Xotin-qizlar hamda Jismoniy madaniyat va sport qo‘mitalari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq