Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
10.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2016 yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

Kengash tomonidan radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota polosalarini ajratish, respublika hududida radioqurilmalardan foydalanish imkoniyatini aniqlash, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning xalaqitlarsiz ishlashini ta’minlash haqidagi talabnomalari bo‘yicha, radiochastota biriktirishlarini xorijiy, shu jumladan chegaradosh davlatlar bilan muvofiqlashtirish, respublikaning radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, 2015 yilgi Radioaloqa assambleyasi va Butunjahon radioaloqa konferensiyasining ishi, ularda respublika delegatsiyasining ishtiroki yakunlarini ko‘rib chiqish, 2019 yilda o‘tkaziladigan shu anjumanlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ishlar olib borildi.

Hisobot davrida O‘zbekiston Rsspublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprelda tadiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatishga texnik va texnologik o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-1741-son qaroriga asosan, respublikada raqamli teleeshittirishni joriy etish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. 2016 yilda aholini raqamli televideniye signallari bilan qamrovini 68,6% (2016 yil 1 yanvar holati)dan 88% (2017 yil 1 yanvar holati)gacha yetkazildi.

Kam quvvatli raqamli televizion uzatkichlarni o‘rnatish bo‘yicha Davlat dasturining II bosqichini bajarish uchun Kengashning “O‘zbekiston Respublikasida aholi siyrak joylashgan va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda raqamli yerusti televizion eshittirishga o‘tish chastota-hudud rejasini qabul qilish xaqida” qarori qabul qilindi (birinchi qism).

Yig‘ilishda radiochastota organlarining hisobot davridagi ishi muhokama qilindi. Muhokamani inobatga olgan holda, shu jumladan radiochastotalarni ajratish va radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan respublika hududida foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maksimal darajada foydalangan holda davom ettirish vazifasi topshirildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan 2015 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasining qarorlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ko‘rib chiqildi va ma’qullandi, hamda jadvalning yangi tahriri tasdiqlandi.

Kengashning vazifa va funksiyalariga muvofiq faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2017 yil uchun ish rejasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

Kengash yig‘ilishida shuningdek respublikaning radiochastota spektridan samarali va oqilona foydalanishga doir boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish natijalariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq