Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
09.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya mamlakatimizga O‘zbekiston Respublikasining saylov jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, jumladan «Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati» loyihasini amalga oshirish, shuningdek istiqbolda saylov chog‘ida mutaxassislarning AKTdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish yo’nalishida hamkorlik qilish maqsadida tashrif buyurgan.

Uchrashuv chog‘ida delegatsiya mamlakatimizda «elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat organlari faoliyatida tatbiq etilishi, yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, natijalar bilan tanishdilar.

2013 yida tashkil etilgan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga bugunda 102 davlatning 106 ta saylov organi a’zo bo‘lgan. Tashkilot bosh qarorgohi Koreya Respublikasining Inchhon shahrida joylashgan. Assotsiatsiya unga a’zo davlatlarning saylovlarni ochiq va samarali tashkil etish, saylov jarayonlarini tashkiliy-huquqiy jihatdan samarali o‘tkazish bo‘yicha tajiriba almashishlarini muvofiqlashtiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq