TATUda “Zulfiya izdoshlari” tanlovi o‘tkazildi
06.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 102 yilligi munosabati bilan iqtidor va iste’dod sohibalari bo‘lgan yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijod va bilim cho‘qqilarini egallashlariga ko‘mak berish, iste’dod va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijod qilayotgan, o‘z qobiliyatini namoyon etayotgan yoshlarni izlab topish, yangi iqtidor qirralarini ochish hamda yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida, universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti hamda “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkilot hamkorligida “Zulfiya izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda universitetning 7 nafar iqtidorli qizlari ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov 3 bosqichda: tanishtiruv, savol-javob va erkin mavzu ko‘rinishida qiziqarli va she’riyatga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, faxrli uchinchi o‘rinni “Televizion texnologiyalari” fakultetidan Madina Isfandiyarova, ikkinchi o‘rinni AKT sohasida “Kasb ta’limi” fakultetidan Farangiz Mirisakova hamda AKT sohasida “Iqtisodiyot va menejment” fakultetidan Feruza Nabiyeva, faxrli birinchi o‘rinni “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti faoli Shahnoza Ibragimova qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq