O‘zbekistonda 8 martga bag‘ishlangan ijtimoiy web-loyiha ishga tushirildi.
06.03.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

8-mart bayrami – O‘zbekistondagi barcha hotin-qizlarga o‘z sevgi va hurmat-ehtiromimni yana bir bor bildirish uchun yaxshi imkoniyat. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida 8mart.uz loyihasi ishga tushirildi. Loyiha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, UMS va MacCoffee kompaniyalari ko‘magida, Ledokol Group tomonidan amalga oshirildi.

Loyiha mamlakatimizning eng mashhur erkaklariga ayollarimizni tabriklash imkoniyatini beradi. Har bir ayol Rashid Holiqov, Murod Nazarov, Vyacheslav Kan, «Ummon» guruh a’zolari va boshqalardan shaxsiy tabrik olishi mumkin.

Loyihaning 8mart.uz saytida shaxsiy tabriklarni olish mumkin. Buning uchun saytning bosh sahifasida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining tugmasini bosib, avtomatik ravishda avtorizaciyadan o‘tish kerak.

Shu bilan birga sayt, mamlakatimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, O‘zbekistonning taniqli ayollari: Tamaraxonim, Galina Melnikova, Sayera Rashidova, Zulfiya Isroilova, Oksana Chusovitina, Iroda To‘laganova, Bernara Karieva, Muyassar Razzoqova haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

«8 mart — ayollarning zamonaviy dunyoda yuqori o‘rni va ahamiyatini ifodalovchi ramziy bayramdir. Biz, bunday qiziqarli va ijtimoiy loyihalarni mamlakatimining faol kompaniyalari yaratayotganidan juda mamnunmiz. Bu loyihani mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladiк. Fursatdan foydalanib, biz O‘zbekistonning barcha ayol va qizlarni 8 mart bilan tabriklaymiz!» — deb izohladi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gulnora Marufova.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq