AKTni joriy etish bilan innovatsion ta’limni rivojlantirish loyihasi ishlab chiqilmoqda
06.03.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

28 fevral — 3 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida KOICA mutaxassislari bilan hamkorlikda “TATUda innovatsion ta’lim olish muhitini va AKT ni joriy etish yo‘li bilan rivojlantirish”loyihasi yuzasidan konsepsiya ishlab chiqildi va uning taqdimoti o‘tkazildi.

Loyiha konsepsiyasida ko‘rsatilgan e-learning va e-library komponentlari nafaqat TATU axborot resurs markazi va o‘quv jarayoniga, balki, O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilishning strategik rejasi ishlab chiqilgan.

Koreyalik mutaxassislar tomonidan KOICA va TATU mutaxassislarining hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘zida aks ettirgan ushbu loyiha ikki qismdan iborat:

1-qism: Texnik vositalar bilan ta’minlash

2-qism. “O‘quv jarayonini tashkil etish” va “Elektron kutubxona” tizimlarini yaratish, rivojlantirish va joriy qilish.

Loyihadan kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat:

1. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining moddiy texnik bazasini rivojlantirish;
2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarmoq infratuzilmasini yangilash;
3. Integrallashgan “O‘quv jarayonini tashkil etish” va “Elektron kutubxona” tizimlarini joriy qilish;
4. Ishlab chiqilgan tizimlarni TATUda sinovdan o‘tkazib orttirilgan tajriba asosida O‘zbekistonning barcha OTMlariga joriy qilish dasturini yaratish.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq