O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida alohida qimmatga ega gramplastinkalar ko‘rgazmasi ochildi
05.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida kutubxonaning umumiy fondlari tarkibidagi musiqa bo‘limida saqlanayotgan alohida qimmatga ega gramplastinkalar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning maqsadi – kutubxona foydalanuvchilarini va mehmonlarini aloxida qimmatga ega gramplastinkalar va ularning ishlab chiqarilgan joylari bilan tanishtirishdan iborat.

“Aprelevskiy” zavodining alohida qimmatga ega gramplastinkalari” ko‘rgazmasida “Aprelevskiy” zavodida ishlab chiqarilgan noyob retro-ovozlar namoyish etilmoqda. 1910 yilda Moskva viloyatidagi Aprelevka qishlog‘ida grammofonlar uchun plastinkalar ishlab chiqaruvchi birinchi rus fabrikasiga asos solindi. U dunyodagi eng yirik gramplastinka zavodi edi. Bu yerda o‘n mingdan ziyod ishchi turli janr yo‘nalishlari bo‘yicha ovozli yozuvlarni tayyorlashgan.

“Aprelevskiy” zavodining gramplastinkalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmada o‘zbek musiqasi, dunyo xalqlari kuy va qo‘shiqlari, taniqli san’atkorlar ijro etgan qo‘shiqlar, multfilmlardan bolalar musiqasi, ertaklar, teatrlashtirilgan inssenirovkalar, romanslar, opera musiqasi, buyuk kompozitorlar asarlari, o‘zbek va jahon klassik bastakorlari kuylarining taniqli musiqachilar tomonidan ijrosi, kinofilmlarga ishlangan musiqalar, raqsning turli yo‘nalishlari (balet, bal raqslari, vals, disko, dunyo xalqlari raqslari) va boshqa janrlardan iborat gramplastinkalar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” zalida gramplastinkalarni eshitish hamda ularga manzur bo‘lganlarining elektron variantlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma joriy yilning 31 martiga qadar davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq