“Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalarining chiqarilishi haqida
05.03.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 28 fevralidan “Hududlar. Sirdaryo viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida Sirdaryo daryosi va Suv saqlash inshooti (Sardoba) tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

№1178 №1179

1178. Sirdaryo daryosi Nominali — 1300 so‘m.

1179. Suv saqlash inshooti (Sardoba tumani) Nominali — 1500 so‘m.

Dizayner — Yusupaliyev U.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq