O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi
04.03.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Internet.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2017-yil 3-martdan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $76,61ga tushirilganini ma’lum qiladi.

Bu yil tariflar oltinchi marta tushirildi. 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s. uchun $91,07, 6-yanvardan $87,57, 10-yanvardan $86,85 va 2-fevraldan $86,11 ga, 16-fevraldan $80,94 ga, 3-martdan $76,61ga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta tushirilgandi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/s. uchun $156,24 dan, $91,50 gacha tushirilgandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq