KOICA delegatsiyasi vakilining “Elektron hukumat” markaziga tashrifi
03.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugun 2 mart kuni KOICA delegatsiyasining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali innovatsiyalashgan ta’limiy muhitni rivojlantirish” loyihasining mutaxassisi, professor Yon Yong Xyon (Yoon Young Hyong) “Elektron hukumat” markaziga tashrif buyurdi.

KOICA delegatsiyasining yurtimizga tashrifidan ko’zlangan maqsad, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali innovatsiyalashgan ta’limiy muhitni rivojlantirishga oid loyiha bo‘yicha dastlabki tadqiqotlarni olib borishdir.  Rasmiy uchrashuv doirasida professor Yon Yong Xyon Markaz faoliyati bilan tanishar ekan, mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan yuksak islohatlar o’z samarasi yaqqol ko’zga tashlanayotganligini ta’kidladi.

Uchrashuvda axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik, jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida masofaviy ta’lim va elektron kutubxona tizimlarini tatbiq qilish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, TATU hamda KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi O‘zbekistonda xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashdagi navbatdagi muhim qadam bo‘lishi aytib o’tildi.

Tomonlar ta’limda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha TATU va KOICA o‘rtasidagi loyihaning dastlabki harakatlanish rejasini tezkorlik bilan ishlab chiqilishi borasida bir-birlariga o’zaro amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan kelishib olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq