Har bir savdo do‘koni uchun virtual terminal!
03.03.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi barcha tadbirkor va savdo nuqtalarining egalariga plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qiluvchi virtual terminallarni ulatishning yangi imkoniyati haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

CLICK kompaniyasi taqdim qilayotgan Indoor-to‘lovlar yechimi istalgan savdo do‘koni va xizmat ko‘rsatish nuqtasida qisqa vaqt ichida joriy qilinishi mumkin va bankdan real savdo terminalini olmasdan turib, mijozlarning plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish imkonini ochib bermoqda.

Ushbu yechim yordamida har bir chakana savdo nuqtasi uchun oddiy terminallarning to‘lov funksionalidan qolishmaydigan, akchincha, bir qator afzalliklarga ega virtual terminal ochiladi. Shunday savdo nuqtalarning mijozlari to‘lovlarni bevosita o‘z mobil telefonlari orqali amalga oshirishlari mumkin va mablag‘lar shu zahoti sotuvchiga SMS bilan birga kelib tushadi. Bunda to‘lovni amalga oshirishda internetga ulanish talab qilinmaydi va to‘lovlar elektr energiyasi bo‘lmagan paytda ham bajarilishi mumkin.

Mijozlar va sotuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida operatsiyalarni turli uslublarda bajarish imkoniyatlari yaratilgan: USSD-menyu orqali, qisqa USSD-so‘rov yordamida (*880*sotuvchining _kodi *summa #), mobil ilova orqali va shu bilan birga, kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob chiqarish uslubida. To‘lovlarni yanada operativ tarzda amalga oshirish uchun har bir savdo do‘koniga QR-kodi taqdim qilinmoqda. Ushbu QR-kod smartfon orqali munosib ilovalardan biri yoki yangilanayotgan va yaqin vaqt ichida taqdim qilinadigan CLICK mobil ilovasi orqali o‘qilishi mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan Indoor-to‘lovlar imkoniyatini ulatish uchun tadbirkorlar o‘zlarining xizmat banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan istalgan bankka murojaat qilishlari zarur. Bankda ro‘yxatdan o‘tayotganda tadbirkorlarga va savdo do‘konlarining egalariga to‘lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod taqdim etiladi.

“Indoor-to‘lovlar O‘zbekistonimiz uchun yangi bir yo‘nalish va bizning taklifimiz bir qator afzalliklarni kiritib kelmoqda: an’anaviy to‘lovlarga qaraganda, ushbu to‘lovlar ancha tezroq o‘tadi, kartalarining PIN-kodlarini birovlarga e’lon qilishning keragi qolmaydi, va, shu bilan birga, plastik karta yoningizda bo‘lmagan taqdirda ham, xaridlaringiz uchun to‘lovlarni amalga oshirishga imkoniyati ochilmoqda”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

CLICK tizimi haqida
CLICK tizimi — mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSD\SMS yordamida) yoki Internet orqali (Web\Web-mobile vositasida) turli hamkorlarning tovar va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Tizim 2011-yil noyabr oyida tashkil qilingan «CLICK» MChJ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi – tijorat banklari, tashkilotlar, jismoniy shaxslar uchun dasturiy mahsulot ishlab chiqish, ularni joriy etish, turli apparat-dasturiy komplekslarga moslashtirish va kelgusi takomillashtirishdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq