Davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq dialoglar uchun media-maydoncha yaratildi
02.03.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Poytaxtimizda “Harakat strategiyasi” Markazi va yangi media-maydonchasi – “MEDIA HALL NAESMI” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markaz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi, shuningdek , “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish uchun qator ijtimoiy va davlat tashkilotlari tomonidan yaratildi. Uning tashkil qilinishi davlat rahbari tomonidan farmoyish bilan ma’qullandi.

Mediaivent davomida jurnalistika, ekspert va biznes uyushmalari, davlat va ijtimoiy tashkilotlari, diplomatiya korpusi vakillaridan tashkil topgan uning qatnashchilari Markazning  maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishib chiqib, Harakatlar strategiyasi  haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqot qurish bo‘yicha media-maydonchalar faoliyatining ijobiy tajribasini inobatga olgan holda, “Harakatlar strategiyasi” Markazi va NAESMI Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, qabul qilingan qonuniy va me’yoriy hujjatlar, shuningdek, davlatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yoritish va tizimli asosda ijtimoiy muzokaralarni tashkil qilish bo‘yicha  Bitim tuzdilar.

Bunday hamkorlik, shuningdek, “Zarafshon” konsert zali negizida “MEDIA HALL NAESMI” media-maydonchasi yangitdan tashkil etilib, unda davlat va jamoat o‘rtasidagi brifing, press-konferensiya, tok-shou orqali ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Bunda NAESMI telefestivallar, ijodiy uchrashuvlar, konferensiya, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy teleaksiyalar, bolalar tok-shou dasturlari va boshqa turli shakldagi media-kontentlarni o‘z hamkorlari bilan birgalikda uyushtirishni rejalashtirgan.

Mustaqil yurtimiz tarixida betakror hujjat – 2017-2021 yillar Harakatlar strategiyasining muhokamasini, xalqning asl istaklarini erkin bildirishni ta’minlaydigan mexanizmlarni  ishlata bilish orqali tashkil etilganligi va keng omma, aholining , vazirlik va muassasalar, xalqaro tashkilotlar va horijiy ekspertlarning mislsiz faolligida o‘tkazilganligini eslatib o‘tish joizdir. Shuningdek,  Harakatlar strategiyasi NAESMI tomonidan Parlament, nodavlat ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiya etilgan elchixonalar bilan birgalikda media-haftalikda faol muhokamalar olib borildi.

Nodavlat notijorat tashkiloti statusiga ega bo‘lgan  “Harakat strategiyasi” Markazi ta’sischilari bo‘lib, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat boshqaruv akademiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyalari ishtirok etdilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq