«She’riy to’plam» elektron axborot-ta’lim resursi
01.03.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi xodimlari «She’riy to’plam» elektron axborot-ta’lim resursini yaratdilar.

Mazkur dastur maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ta’lim olishda qo’shimcha ma’lumot va resurs sifatida foydalanishga mo’ljallangan. Asosiy vazifasi ta’limni zamonaviy texnikalar orqali berishdan iborat bo’lib, undagi rasm va audio materiallar bolalarga she`rlarni oson o’zlashtirishga va yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Resursda foydalanilgan rang-barang tasvirlar, audio materiallar bolalarni qiziqishini oshiradi va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga she’rlarni o’rganishda kompyuter orqali bilim olish imkoniyatlarini beradi.

Mualliflar — K.N. Gafurov, S.T. Maxmayev, E.S. Reshitov, U.Sh. Toshko’ziyev, D.S. Habibullayev, D.D. Ubaydullayev Dilshod, D.D. Abdukarimov, X.B. To’lqinov, A.A. Rasulov, Sh.Sh. Nabiyeva, N.M. Turdialiyev, U.N. Musinov va N.V. A’zamov — ushbu dastur uchun № DGU 04093 raqamli guvohnoma oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq