“MIT.UZ Open Data Challenge 2016” ishtirokchilari bilan uchrashuv
27.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” markazida Hakaton “MIT.UZ Open Data Challenge 2016” ishtirokchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaz rahbariyati, BMTD loyihasining vakillari hamda Hakaton guruhlarining ishtirokchilari o‘zlarining tashabbuskor g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.

Yig‘ilish amalga oshirilayotgan loyihalar va rejalashtirilgan g‘oyalarni kelajakda tadbiq etish hamda rivojlantirish maqsadida tashkil qilindi.

Hakaton jarayonida har bir guruh a’zosi o‘zining ishlab chiqqan loyihasini namoyish etar ekan, kelgusida uni amalga oshirish, tadbiq etish hamda yakunlash uchun nimalar amalga oshirirsh kerakligi haqida taqdimot o‘tkazib, tegishli savollarga javob berdilar.

Uchrashuv davomida quyidagi muhim va ijtimoiy hayot uchun qo‘llanishi zarur bo‘lgan quyidagicha ilovalar taqdim etildi: “MyWay – avtomobil egalari uchun qulay dastur (benzin mavjudligi, sug‘urta va boshqa), “Campo.uz ma’lumotnomasi, “@suvsoz_uzBot” telegram boti – issiq va sovuq suvning o‘chirilishi haqida xabar beruvchi mobil ilova, “Datatools – ochiq ma’lumotlarni tuzish va tahlil qilish uchun veb-ilova”.

Ta’kidlash kerakki, Hakaton ishtirokchilari taklif qilgan barcha ilova hamda telegram-botlari kundalik hayot uchun zarur bo‘lib, ularning foydali loyiha bo‘lish imkoniyati kengroq.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq