“Marshrutizatsiya va kommutatsiya” mavzuida o‘quv-trening kursi yakunlandi
26.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 1-24 fevral kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Huawei kompaniyasi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida ilk bor “Marshrutizatsiya va kommutatsiya” mavzuida o‘quv-trening kursi tashkil etildi.

Yurtimizda AKT sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, 2016 yil 17 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Huawei kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida HAINA akademiyasini tashkil etish va ushbu akademiyada “Marshrutizatsiya va kommutatsiya” mavzuida o‘quv-trening kursini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Shunga asosan, Huawei kompaniyasi trener-o‘qituvchilari tomonidan 24 kun davomida trening mashg‘ulotlari olib borildi, bu kelajakda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun tarmoq injenerlari va administratorlarini tayyorlashga zamin bo‘ladi.

O‘quv-trening kursida TATUdan 16 nafar iqtidorli talabalar va “Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasidan 4 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilar Korporativ tarmoqlarni qurishning boshlang‘ich tamoyillari, IP-tarmoqlarini yaratish, Huawei qurilmalarining bazaviy konfiguratsiyasi, Kanal darajasidagi lokal tarmoqlarini boshqarish, Tarmoqlararo aloqalarni tashkil etish, Xizmatlarni joriy etish, Korporativ tarmoqlarni qurish tamoyillari, Lokal tarmoqlar: imkoniyatlar va xizmatlar, Korporativ tarmoqlarni qurishda global tarmoq texnologiyalarini qo‘llash, Korporativ tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlash, Korporativ tarmoqni boshqarish bo‘yicha yechimlar, IPv6 tarmoqlarini qo‘llash kabi modullar bo‘yicha nazariy bilimlarini oshirishdi va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashishdi.

O‘quv-trening kursi maqsadi: universitetning Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining 4 nafar professor-o‘qituvchilari va 16 nafar talabalari uchun Huawei kompaniyasining marshrutizatorlari, kommutatorlari, tarmoqlararo ekranlari bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat edi.

24 fevral kuni ushbu o‘quv trening kursini yakunlagan talaba va o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni “Huawei Tech Investment Tashkent” direktori janob Van Pen taqdim etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq