“Goldratt nazariyasi” bo‘yicha seminar
25.02.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida “Goldratt cheklov nazariyasi” mavzuida seminar-trening tashkil qilindi. Seminar treningni Xondamir Muslimov olib bordi.

Ikki kunlik mashg‘ulotlar mobaynida “Elektron hukumat” tizimi departamenti va bo‘linmalarining mutaxassislari “Tizim va tizimli tafakkur”, “Aloqalar hamda ularning yuzaga kelish sabablari, “Kuchaygan, barqaror va uzilgan aloqalar”, “Tizimlarning barqarorligi va richag tamoyili”, “Mental modellar”, “Tizimni cheklash tushunchasi hamda uning tamoyillari”, “Cheklash nazariyasiga yo‘naltiruvchi besh qadam”, “Cheklash tizimining namoyon bo‘lishi va ziddiyatlarni bartaraf etish diagrammasi”, “Cheklov tizimi qarorini ishlab chiqish” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza tinglashdi.

Seminar-treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad, “Goldratt cheklov nazariyasi”ning asosi, xususiyatlari, tizimi, ko‘rinishi, asosi haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, unda tizimli tafakkur malakasini cheklangan tizimni anglash bo‘yicha tushunchalar berildi. Tinglovchilar ziddiyatlarni yuzaga kelishi hamda ularni bartaraf etish haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Mashg‘ulot jarayonida trener va E.Goldratt amaliyotidan kelib chiqqan holda aniq keyslar ishlab chiqildi. Eslatib o‘tamiz, tashkilotlar boshqarilishining “Cheklov nazariyasi” ilk marta Eliyax Goldratt tomonidan ishlab chiqilgan. Uning tamoyillariga binoan barcha tizimlarda ichki cheklovlar mavjud bo‘lib, ularni aniqlab, ish jarayonida muvafaqqiyatga erishish uchun samarali foydalanish zarur.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq