Samarqandda aholi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
24.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 23 fevral kuni Samarqand shahrida vazirlikning fuqarolarni joylarda qabul qilishga mo‘ljallangan sayyor qabuli tashkil etildi. Unda 100 dan oshiq yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

Ko‘chma qabulda telekommunikatsiya xizmatlari holati va ularni ko‘rsatish sifati, xususan telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa xizmatlari hamda internet xizmatlarini ko‘rsatish holati, mavjud muammolar bosh masala sifatida muhokama qilindi.

Qabul chog‘ida Samarqand shahri aholisi o‘zlarini qiynayotgan muayyan masalalar misolida AKT sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni bayon etdilar. Aholi vakillari aloqa sohasi xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiya hamda takliflarini aytdilar.

Uchrashuvda ko‘tarib chiqilgan muammo va masalalar, xalq murojaati va takliflari yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, aniq yechimlar amalga oshiriladi. Qabul davomida ko‘tarilgan aksariyat masalalar uchrashuvning o‘zidayoq vazirlikning tegishli muassasalari vakillariga vazifalar berish orqali ijobiy hal etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq