Magistrlar uchun axborot xavfsizligi doirasida master klass soatlari
24.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

22 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda NEC kompaniyasi bilan imzolangan memorandumi doirasida Webster universitetida “Axborot xavfsizligi yo‘nalishi”da magistratura bosqichini tamomlagan mutaxassis Ibragimov Kemran tomonidan master klass treyning soatlari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda TATU magistrlari ishtirok etdi.

Axborot xavfsizligi — axborot resurslarini saqlash davlat va axborot sohasida shaxs va jamiyat qonuniy huquqlarini himoya qilish omili ekanligi; axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish kabilar haqida tushunchalar berildi.

Axborotni ximoya qilish deganda:

  • Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Axborotning butunligini saqlab qolgan xolda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;
  • Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruhsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar haqida fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq