«Telia» kompaniyasi bosh maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
23.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
23 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Telia» kompaniyasi bosh maslahatchisi, o‘zbek-shved biznes-forumi munosabati bilan yurtimizda bo‘lib turgan K.Lindstr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniyaning mamlakatimiz mobil xizmatlari bozoridagi o‘rni, istiqbolda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish rejalari muhokama qilindi. Xususan, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dasturida belgilab berilgan muayyan loyihalarni «Coscom» MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq