“Yagona darcha”larda 18 ta davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi
20.02.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori ijrosini bajarish maqsadida “Elektron hukumat” markazida Strategik rejalashtirish va istiqbolni belgilash departamenti tomonidan Vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik boshqarmasi vakillari va AKT mutaxassislari ishtirokida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish va faoliyatini tashkil etish, shuningdek muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini belgilash yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Ishchi uchrashuv jarayonida “yagona darcha” markazlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi tizimli tahlil qilindi.

Muzokarada “Elektron hukumat” markazida Vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik boshqarmasi vakillari “yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlandi. Davlat boshqaruvi organlari bilan 2017 yilda “yagona darcha”da yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan 18 ta davlat xizmatining faoliyati muhokama qilindi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq