TIAV multimedia tizimi yoki uning konseptual modelini tuzish jarayonini modellashtirish usullari
18.02.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Multimedia tizimida TIAV – bu diskret-uzluksiz jarayonlarni boshqarish tizimining ishlash modeli, o‘rganilayotganlarning tashqi kichik tizimlarga kirish mumkin bo‘lgan sharoitlarda ishlayotganligi, xuddi multikontentlarning yaratilishi darajasi, ekspertizadan o‘tish darajasi, multikontentlarni o‘rganish darajasi, bilimlarni nazorat qilish darajasi, nashrlarning darajasi kabi, tizimning sarlavhalarida multimedia resurslarini tarjima qilinishidir.

Hayotiy davrning har bir bosqichida multikontent, o‘lcham kattaliklari: yi=<Mi,Ni> , bu yerda Mi sifat ko‘rsatkichi k hamda nazorat nuqtalarining ko‘pligi z lar bilan bir-biriga qo‘shilish orqali to‘ldiriladi;

α=( α1, α2,…, αn) – yolg‘iz mezonlarni boshqa mezonlardan ustivorlik vektori;

Har bir satrning elementlarini qo‘shib, har bir summalarni jami hamma qismlarning yig‘indisi olingan natijalarni bo‘lish bilan normallashtiriladi; Olingan natijalarning summasi 1 ga teng bo‘ladi;

Rj(gj1, gj2,…, gjn)– samarali yechimlar; Rj – ko‘pmezonli masalalarning obyektlari va ularga har bir mezon uchun quyidagi cheklash gjiFi qo‘llaniladi, bu yerda i=1,2, …, I, Fi – tanlangan sifat ko‘rsatkichlarining iste’molchining ahamiyatli ruxsat etilgan chegaraviy kattaliklari;

α*i=( α*1, α*2,… α*n) – ishlab chiqilgan multikontentni ko‘rsatkich – sifat birlik parametrlaridir.

Ushbu modifikatsiya vaqtni ko‘p sarflamasdan aniqlik bo‘yicha maqbul bo‘lgan natija olish imkonini beradigan murosali yondashuvi bo‘ladi. θ=θ1, θ2,…, θi ,θn– har bir mezon uchun ko‘rib chiqilayotgan sifat mezonlari orasidan oraliq qiymat tanlanadi, buning natijasida istalgan optimumni (θ) ma’lum qiladigan vektor shakllanadi va u maksimal qiymatga keltiriladi;

θmax=θ1max, θ2max,…, θimax, θnmax – har bir mezon uchun ko‘rib chiqilayotgan sifat ko‘rsatkichlari orasidan maksimal qiymat tanlanadi, buning natijasida istalgan optimumni (θmax) bildiradigan vektor shakllanadi.

Deylik, multimedia tizim kn multikontentlardan iborat. Sinalayotganning media savodxonligi darajasini oshirish maqsadida tizim tanlangan mutaxassisliklar uchun maksimal qiymat θ→max ga intiladigan bilimlarning optimal darajasini ta’minlash lozim. Buning uchun mutaxassisliklarning fanlari uchun multikontent sinfini shakllantirish imkonini beradigan dasturiy ta’minot fanlarga oid katalog multikontentlaridagi terminlarni taqsimlash parametrlarni aniqlash algoritmlari asosida tuziladi. Tahlil ehtimoliy qidiruv modeli asosida amalga oshiriladi. Bunda multikontentlarning har bir sinfida tizim taqdim etgan a11k1,a12k2,…,aijkn multikontentlari shakllanadi. Multikontenlarning ruxsat etilgan sinfi deb, undagi hamma talablar bajariladigan sinf hisoblanadi:

Bu yerda ki — multikontentlardagi darslarning butun soni;

M – nazariy o‘qitish darslarining minimal (eng kam bo‘lgan) soni;

Mumin — Mumax – multikontentlar bo‘yicha darslar soni.

– bu o‘zgaruvchan qiymat, uning semantikasi esa multikontentlar j sinfidagi multikontentlarni o‘rganish imkonini nazarda tutadi, bunda oldingi multikontent ilgari o‘rganilganligini nazarda tutiladi; δ=0,1 – ehtimoliy xatoliklar koeffitsiyenti.

aij — multikontentlar orasidagi aloqalarning torligi koeffitsiyenti – multikontent j ni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan multikontent i ulushi, aij [0;1]oralig‘idagi qiymatlarga ega.

Multikontentlar o‘rtasidagi aloqalar yaqinligi koeffitsiyentining qiymatlari ekspertli baholar asosida o‘rnatiladi va ular izlanilayotgan xarakteristikasining haqiqiy qiymati ekspertlar baholari oralig‘ida joylashganligini hamda umumiylashtirilgan jamoaviy fikrlar haqiqiyligini nazarda tutilgan holda o‘rnatiladi. Salohiyatlilik koeffitsiyentining qiymati ularning fiklarini kelishilganlikligini aniqlash jarayonini soddalashtirish imkonini beradi hamda tizimni asoslanmagan bilimlar bilan to‘ldirilishi ehtimolini cheklab qo‘yadi. Bu holda quyida qator masalalarni yechish:

  1. Ixtisosli ahamiyatliligining qiymati eng katta bo‘lgan koeffitsiyent multikontentlarning har bir bosqichida saralashni nazarda tutadigan tanlangan yo‘nalish, mutaxassislik Spk bo‘yicha multikontentlarning kasbiy tayyorgarligi uchun yig‘indi qiymatini maksimallashtirilgan ko‘pmezonli masalalar asosida multikontentlar sinfini shakllantirish.
  2. Alohida salohiyatlilik shakllanayotgan chegaralarida multimedia ishlari multikontentlarining birlashganligini aniqlash hamda uni o‘rganayotganning shaxsiy salohiyatliligini shakllantirishni tematik sohasini aniqlash zarurati paydo bo‘ladi.

1.Sifat mezonsini formal belgilash quyidagi ko‘rinishga ega:

Bu yerda Wjk -ixtisoslik (spetsializatsiya) Spk dagi mediakurs i ning kasbiy ahamiyati koeffitsiyentining qiymati. dij— multikontentlar sinfidagi multikontent i ni o‘rganilish darajasini aniqlaydigan parametr

Multikontent sinfi bu muammoning yo‘l qo‘yilgan yechimlar (qarorlar) ko‘pligidir va ularni

Sn tizimning joriy holatidan belgilash mumkin. Ushbu Xn sinfi ajdodlarni mavjud emasligi yoki hamma ajdodlari o‘rganilganligini nazarda tutadigan va ular cheklovlarga to‘g‘ri keladigan multikurslarni tashkil etadi. Bu esa multikontentlarni o‘rganish natijasi haqidagi ma’lumotga asoslangan holda multikontent sinfini oldindan bashorat qilish imkonini beradi va ularni quyidagi multikontentlarni o‘rganish natijasida ko‘rish mumkin.

  1. Ta’lim olayotganning salohiyatliligini shakllanish darajasini baholash masalasi

xtr , δtijk , ztrijk , o‘zgaruvchan qiymatlar aniqlangan holda yt0=F(xtr , δtijk , ztrijk , ) bahoning qiymatini hisoblashdan iborat yoki batafsil holatda quyidagicha taqdim etiladi:

t vaqt davomida ta’lim olayotganning multimedia kurslarning sinfini o‘zlashtirish natijalarining ko‘pligini deb belgilaymiz.

t vaqt davomida tinglovchining TIAV multimedia ishlarining natijalar ko‘pligini deb belgilaymiz, bunda pt — t vaqt davomida tinglovchining TIAV multimedia faoliyatidagi yutuqlar soni t vaqt davomida tinglovchining ijtimoiy-shaxsiy xususiyatlarini deb belgilaymiz, bunda qt — t vaqt davomida tinglovchining baholanadigan xususiyatlar sonini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, tinglovchi salohiyatining baholanishi quyidagi formulaga muvofiq:

baholarning ko‘pligi asosida bajariladi, bunda – o‘zgaruvchan miqdor xtr ning ehtimoliy qiymatlarining ko‘pligidir.

Mualliflar: Saida Beknazarova, Texnika fanlari doktori, TATU katta o‘qituvchisi, Zafar Abdullayev, NamDU assistenti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq