Xonadon uchun Mayfield Robotics Kuri roboti ishlab chiqaruvchilar tomonidan $699ga baholanmoqda
17.02.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Boschga mansub Mayfield Robotics kompaniyasi CESda Kuri xonadon robotini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchilar so‘zlariga qaraganda, individuallik va mobillikka ega bo‘lgan Kuri roboti «har bir xonadonga iliq kayfiyat qo‘sha oladi». Ishlab chiqaruvchilar tomonidan robot $699ga baholangan. Oldindan buyurtma qabul qilinishi boshlab yuborilgan.

Robot 1080p videokamera va mikrofon bilan jihozlangan. U voqelik mazmunini yaxshi tushunadi, predmetlar va ularning vaziyatini hamda odamlarni taniydi, savollarga «yuz ifodasi» bilan boshini harakatlantirish va tovushlar yordamida javob bera oladi. Robot muloqoti uchun ikki tovush balandlatkich moslamasi, Wi-Fi va Bluetooth interfeyslari kiritilgan. Robot musiqa tarata oladi, bolalarga ertak so‘zlab beradi, foydalanuvchiga ergashib, ularning talablarini bajaradi. Turli-tuman datchiklari robotga to‘siqlardan o‘tish imkonini beradi. IFTTT yordamida Kuri robotini aqlli uyga integratsiyalash ko‘zda tutilgan. Robotning balandligi 50 sm va og‘irligi 6 kg.ni tashkil etadi, avtonom holda bir necha soat ishlay oladi, akkumulyatorini quvvatlash vaqti yaqinlashganda, Kurining o‘zi quvvat manbai bo‘lgan zaryad stansiyasiga borib, kuch to‘playdi. Ishlab chiqaruvchi Kuri robotini yetkazib berishni yil oxiriga rejalashtirgan.

Manba: www.mayfieldrobotics.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq