WRO 2017-yil robotlar musobaqalari uchun qoidalarni e’lon qildi
17.02.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

World Robot Olympiad o‘z rasmiy saytida 2017-yil Kosta-Rikada bo‘lib o‘tadigan Lego robotlari musobaqalari uchun qoidalarni e’lon qildi. WRO 2017 mavzusi atrof-muhitni himoya qilish uchun robotlar yaratish bo‘lib hisoblanadi, — xabar beriladi Robotics.ua.

Jahon Robotlar Olimpiadasi (WRO) — bu 13 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan jahon ta’limiy robot texnikasining eng yirik tanlovlaridan biridir. O‘tgan yilgi robotlar musobaqasi WRO 2016 Hindistonda o‘tkazilgandi va o‘sib kelayotgan avlodda robot texnikasiga qiziqish o‘sib borayotganligini ko‘rsatib, ishtirokchilar soni bo‘yicha — 2000dan ortiq rekord natijasiga erishilgandi.

Turli toifalar uchun WRO 2017 qoidalari
Yangi mavsumda ishtirokchilar uchun taqdim etiladigan WRO musobaqalarida qanday topshiriqlar beriladi? Talaba va o‘quvchilar ilgaridagidek quyidagi toifalar bo‘yicha musobaqalashadilar:

  • Asosiy (Regular Category, uch yosh guruhlari — kichik, o‘rta va katta);
  • Talabalar uchun (katta guruh);
  • WRO Futbol;
  • Ijodiy (Open Category, uch yosh guruhlari — kichik, o‘rta va katta).

Asosiy toifada ishtirokchilar oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun robotni yig‘ib, uni dasturlashtirishlari zarur bo‘ladi. Qurilma Lego Mindstorms NXT yoki EV3 konstruktorlik bazasida yig‘iladi. WRO hakami, Aleksandr Kolotov so‘zlariga qaraganda, bu yilgi yangilik qurilmani turli tillarda dasturlashtirish imkoniyati taqdim etilganligi bo‘lib hisoblanadi.

WRO 2017 musobaqalari ijodiy toifalarida tabiat va turizmga oid tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyihalar ishtirok etadi. Mazkur maqsad bu yil BMT tomonidan belgilangan. Har bir robot oldinga qo‘yilgan vazifa yutuqlarini namoyish etishga yordam berishi, atrof-olamni yanada yaxshiroq bo‘lishiga xizmat qilishi zarur. Shunday qilib, kichik guruh ishtirokchilari olimlar, tadqiqotchilar, turistlarga tabiatni, o‘simlik va hayvonot dunyosini ularga zarar yetkazmay, o‘rganishlarida yordam berishi zarur. U tadqiqotchilarga borish mumkin bo‘lgan joylarda hamkorlik qiladi. Mazkur yo‘nalish vazifalari yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan jonivorlar turlari mavjudligiga bog‘liq. Sayohat davrida robot ularni o‘z yashaydigan makoniga qaytarishi shart bo‘ladi. Barcha «mazkur loyihada amal qiluvchi shaxslar» LEGO konstruktorlaridan jamlanadi.

O‘rta guruhdagi robotlar musobalari ishtirokchilari sanoat korxonalari tomonidan chiqariladigan va atrof-muhitga ta’sir etadigan uglerod darajasini pasaytirishga mo‘ljallangan mexanizm qurishlari shart. Buning uchun yangilanadigan energiya manbai — quyosh batareyalari zarur. Robotning asosiy vazifasi chiqindilar bilan tabiatning zararlanish darajasini kamaytirishga yordam beradigan daraxtlar ekishdan iborat bo‘ladi. Katta yosh toifa ishtirokchilari esa shamol elektr stansiyalari qurishga yordam beradigan robot yaratishlari zarur. Gap shundaki, elektr energiyasining narxi kun sayin oshib bormoqda. Shamol elektr stansiyalari kabi muqobil va ekologik toza energiya manbalariga ehtiyoj katta. Robot atrof-muhitga zararsiz yuqori samarasi ta’minlanadigan shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish uchun qulay joylarni topishi shart bo‘ladi.

Tashkilotchilar bergan ma’lumotlariga ko‘ra: «Kosta-Rika rang-barang o‘simlik va hayvonot dunyosi bo‘yicha eng boy mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda ko‘plab turli ekotizim mavjud. Tabiatni muhofaza qilish uchun ko‘plab milliy bog‘lar hamda qo‘riqxonalar mavjud. Yo‘qolib ketish xavfiga ega bo‘lgan toshbaqa, yo‘lbars va boshqa jonivorlarning yashash muhitlarini saqlab qolish biz uchun juda muhimdir». E’lon qilingan robotlar musobaqalari qoidalari asosida WRO 2017 jahondagi turli mamlakatlar katta yosh toifadagilar uchun vazifalarni shakllantirish mumkinligi robotics.ua manbaida ta’kidlangan. Musobaqa qoidalari bilan http://www.wro2017.org/challenges.html manzilida batafsil tanishish mumkin. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2016-yilda Jahon robotlar Olimpiadasida «RoboKidz — O‘zbekiston bolalari va kattalar uchun robot texnikasi» loyihasi bilan ishtirok etgandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq