«ТBilling» tizimida hisobotlar bilan ishlash: yaratilgan yangi imkoniyatlar
17.02.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ma’lumki, «O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan «TBilling» — «telefoniya xizmatlarining yagona billingi» tizimi filiallar va korxonalardagi abonentlarning yagona me’yoriy ma’lumotlar bazasini yuritish, kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha ma’lumotlarni jamlash, saralash, tartiblash va funksional tuzilishiga ko‘ra hisobotlarni shakllantirish, abonentlarning talablariga binoan so‘ralgan hisob-kitob davri uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish hamda boshqa qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan.

Mazkur tizimning eng asosiy vazifalaridan biri bu aholiga ko‘r­satilayotgan telefoniya xizmatlarining hisob-varaqalarini ishlab chiqish va hisob-kitob jarayonini tahlil qilishga mo‘ljallangan hisobotlar bilan ishlashdir. Tizimda shakllantirilgan va jamlangan statistik ma’lumotlarni ko‘rish, ya’ni hisobotlar bilan ishlash uchun «Telefoniya» menyusiga kiriladi va «Hisobot» menyu ostiga murojaat qi­linadi (1-rasm).

Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda tizimda yuzdan ortiq hisobotlar mavjud bo‘lib, unda tahliliy ma’lumotlar, daromad to‘g‘risidagi ma’lumotlar, «MES» ma’lumotnomasi, kassir tomonidan olingan to‘lovlar bo‘yicha hisobot, abonentlar so‘zlashuvi haqidagi hisobotlar berilgan (2-rasm). «Analitika» hisobot-varaqasida asosan statistik tahlil ishlari uchun mo‘ljallangan hisobotlar mavjud (3-rasm). Jumladan, mazkur hisobot-varaqasida quyidagi funksiyalarni baja­rish mumkin:

  • Qarzdor bo‘lmagan abonent to‘g‘risidagi ma’lumotni chiqarish;
  • Shahar telefon suhbatlari (ShTS)ning bog‘lama daromadlarini bud­jet turlari (Respublika, viloyat va mahalliy) bo‘yicha chiqa­rish;
  • Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari (ShXTS)ning bog‘­lama daromadlarini raqamlash diapazoni kesimida chiqarish;
  • Filiallardagi aholi, xo‘jalik va budjet tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan asosiy telefon apparatlar sonini bilish;
  • Abonentlarni tanlangan xizmat turi bo‘yicha belgilangan raqamlash diapazoni oralig‘ida topish va boshqalar;

1-rasm.

2-rasm.

3-rasm.

4-rasm.

5-rasm.

«Daromadlar» hisobot-varaqasida asosan aholiga ko‘rsati­layotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni ko‘rish, sektorlar kesimida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha daromadlarning hisob-kitobini yuritish bo‘yicha hisobotlar bilan tanishish mumkin (4-rasm). Shuningdek, sana bo‘yicha tuman telekommunikatsiya bog‘lamasining qo‘shimcha xizmat turlari sonini va summasini aniqlash hamda barcha qisqa raqamlarga qilingan qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish mumkin. «Hisoblash» hisobot-varaqasi yordamida tanlangan filial bo‘yicha xalqaro telefon so‘zlashuvlar ro‘yxatini, viloyatlar kesimida shaharlararo telefon so‘zlashuvlar ro‘yxatini va viloyat tumanlarining zonaichi chi­quvchi telefon raqamlari, ular orasida amalga oshirilgan telefon so‘zlashuvlarini ko‘rish mumkin (5-rasm). Shuningdek, imtiyozlilar ro‘yxatini tanlangan bog‘lama va yilning kvartali bo‘yicha chiqa­rish, aholi va yuridik shaxslarning shaharlararo-xalqaro telefon so‘zlashuvlarini sana va raqamlash diapazoni bo‘yicha chiqarish, qisqa raqamlar bo‘yicha so‘zlashuv vaqti va summasini hisoblab berish, Call-sentr bo‘yicha murojatlar soni, vaqti hamda summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

6-rasm.

7-rasm.

«Hisobga olinmagan so‘zlashuvlar bo‘yicha hisobot»da billing tizimiga xatolik tufayli kirgan barcha so‘zlashuvlar ro‘yxati shakllantiriladi. «Debit-Kredit» hisobot-varaqasida asosan qarzdorlar soni, ularning telefon raqami, manzili, oxirgi marta to‘langan summasi va sanasi kabi ma’lumotlar olinadi (6-rasm). Mazkur hisobot-varaqasida 30, 60, 90 va undan ortiq kunlarda qarzdor bo‘lgan abonentlar, shuningdek, aloqachi xodimlarning ro‘yxati hamda ular­ning qarz miqdorini ko‘rish imkoniyati yaratilgan. «MES» hisobot-varaqasi yordamida respublika bo‘yicha barcha shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlarining soni, vaqti hamda mamlakat nomini bilish mumkin. «Tushumlar» hisobot-varaqasida tanlangan davr va filialdagi kassirlar tomonidan qabul qilingan to‘lovning barcha turlari bo‘yicha tushumlar, jami summasi, sanasi, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud (7-rasm).

8-rasm.

9-rasm.

«Aylanmalar» hisobot-varaqasi yordamida har bir abonentning telefon raqami, nomi, avtomatik vaqtbay to‘lov tizimi (AVTT), barcha qisqa raqamlarga qilingan qo‘ng‘iroqlar, xalqaro va shaharla­raro telefon so‘zlashuvlari hamda belgilangan vaqt oralig‘ida abonent to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin. «AX» hi­sobot-varaqasi «Axborot xavfsizligi bo‘limi» xodimlari uchun mo‘ljallangan. «Telegrammalar» — filiallardagi aholi va tashkilotlardan tushgan telegramma jo‘natmalari haqida ma’lumot beradi. Ushbu hisobotda yetkazib berilgan shaharlararo, xalqaro va zona­ichi bo‘yicha kelib tushgan barcha telegrammalar ro‘yxati keltiriladi. Hisobotlar bilan ishlashda yaratilgan yangi imkoniyatlar qu­yidagicha: Hajmi katta va natijani ko‘rsatishda uzoq davom etadigan hisobotlardan foydalanishda «Asinxron» ishlatiladi. Buning uchun «Asinxron» maydoni oldidagi kvadratchaga belgi qo‘yish kifoya. Bunda birinchidan, foydalanuvchining ish faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaydi (ya’ni hisobot tizimidan chiqib ketgan holda ham ma’lumotlar bazasida shakllanaveradi), ikkinchidan, natija tayyor bo‘lganda «Asinxron»ga xabar keladi (8-rasm). Kelgan xabarni ochgach, hisobot turi tanlanadi va «Ko‘rish» tugmasini bosish orqali ekranda hisobot hosil bo‘ladi (9-rasm).

Demak, hisobotlar bilan ishlashda «Asinxron»dan foydala­nish yuqorida ko‘rsatilgandek, «Hisobot» menyu ostisi orqali amalga oshirilar ekan. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, «O‘zbek­telekom» AK «TBilling» tizimidagi hisobotlar yordamida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha ma’lumotlarni jamlash, saralash, tartiblash va funksional tuzilishiga ko‘ra hisobotlarni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, bunda aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlarini ba­tafsil ko‘rish hamda u to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlarni olish, tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

Muallif: Hilola Islomova, “O‘zbektelekom” AK “Billing Telekom” filiali “Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish” bo‘limining 1-toifali dasturchi-muhandisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq