Sun’iy intellekt Southern Metropolis Daily nashriga maqola yozdi
17.02.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoyda Syao Nan nomli robot-reportyor paydo bo‘ldi, u Southern Metropolis Daily gazetasida allaqachon ilk maqolasini chop ettirdi. 300 belgidan iborat bo‘lgan Yangi yil oldidan xaridorgir bozor mahsulotlari haqidagi maqola sun’iy intellekt dasturi tomonidan sanoqli soniyalarda yozildi.

Ushbu yangilik OAV xodimlarini hayratga soldi. Ularning ko‘pchiligi sun’iy intellekt ularning ishini tortib olishi mumkinligiga ishonchlari komil.

«Biz o‘zimizning ish o‘rinlarimizni egallab olishi mumkin bo‘lgan robotlarni yaratmoqdamiz, — deydi ZK Research eksperti, Zeus Kerravala. — Bu Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Butun jahon iqtisodiy forumining eng qizg‘in muhokama etilgan mavzusidir. Biroq biz, masalan, yig‘uv liniyalarining yaratilishi kabi boshqa taraqqiyot yangiliklarini ham boshdan kechirganmiz. Odamlar mazkur jarayon ularning ish o‘rnini tortib oladi deb o‘ylaganlar. Shunday bo‘ldi ham, biroq shu bilan birga, yangi ish o‘rinlari ham yaratildi. Shu tariqa, ishlab chiqarish sanoatidagi taraqqiyot odamlardan yangi malakalarni egallashni talab etadi. Robotlashtirish taraqqiyotida ham xuddi shunday bo‘ladi».

OAV sohasiga kelsak, jurnalistlar avtomatlashtirishni joriy qilishdan cho‘chimasalar ham bo‘ladi.

«Robot reportyor-insonlarga nisbatan maqola materialini ancha tezroq yozishni amalga oshirishi mumkin, — deydi Pekin universiteti professori, mazkur robotni ishlab chiqargan guruh rahbari Van Syaotszyun. — Biroq bu intellektual mashinalar yaqinda jurnalistlar o‘rnini egallaydi degani emas».

Hozirgi vaqtda robot, baribir, intervyu ololmaydi, muhim masalalar haqida savollar berib, qiziqarli maqola yoza olmaydi. Mazkur gazetabop maqola robotlar tomonidan yaratilgan birinchi maqola emas. 2014-yilda Los Angeles Times nashri reportyori tomonidan tayyorlangan Quakebot nomli algoritm zilzila haqida hikoya yaratgandi. Shu yili Associated Press kichik korporativ maqolalar yozishni avtomatlashtirish uchun maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanilishini e’lon qildi. Kerravala jurnalistlarga ilgaridagi kabi intervyu tayyorlash, turli asarlarni tahlil qilish hamda shunchaki dalillarnigina yozib, bayon etadigan an’anaviy uslubdan voz kechishni taklif etdi. Jurnalistlar va sug‘urta xodimlari robotlar va intellektual tizimlar taraqqiyoti sababli o‘z ish o‘rnini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan yagona kasb egalari emas. Robot texnikasi va sun’iy intellekt yordamida korxonalar rahbarlari yanada ko‘proq daromad olish, xodimlar oylik maoshi, ta’tili va rag‘batlantirilishi uchun ketadigan xarajatlarni tejab qolishga erishadilar. Harvard Business School ma’ruzasiga muvofiq AQSHdagi 46 foiz rahbarlar odamlarga nisbatan ko‘proq robot-xodimlardan foydalanishni afzal biladilar. Biroq bu masala nafaqat sanoat sektoriga, balki boshqa sohalarga ham aloqador ekanligi robotics.ua manbasida ta’kidlangan. Intellektual tizimlar, chat-botlar va odamsimon robotlar otellar, savdo markazlari, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida mijozlarga xizmat qilish ishlarini bajarishlari mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq