Shvetsiyada tez yordam avtomobili RDSdan foydalanib, yaqinlashgani haqida oldindan xabar bera oladi
17.02.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Tez yordam mashinasining chaqirilganda yetib kelishi ba’zan inson hayotini saqlab qolishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Afsuski, maxsus mashinaning harakatlanish tezligi shahardagi harakat trafigi yoki tirbandlik sababli cheklanishi mumkin.

Stokgolm Qirolligi texnologiya instituti talabalari maxsus avtomobillarning shahar ichidagi harakatini ancha oddiy, biroq haqiqatdan texnologiklashtirishga erishdilar. Ushbu texnologiyaning mazmun-mohiyati ancha oddiy: maxsus mashina FM radiochastotasi polosasida ishlaydigan ixtisoslashtirilgan moslama bilan jihozlanadi. Zarur holatda qurilma yo‘llardagi harakat oqimida RDS priyomnigi orqali qabul qilinadigan mashinalarga yaqinlashayotganligi haqida signal jo‘natadi. Natijada haydovchi yaqinlashayotgan tez yordam avtomobili haqida oldindan ovozli xabar eshitadi, bundan tashqari, shunday xabarni musiqiy qurilma ekranida ham ko‘radi. Shunisi muhimki, xabar musiqiy qurilma ishga tushirilmagan holda ham ovozli tarzda taqdim etilaveradi.

Shu tariqa, haydovchi mashina yaqinlashayotganligi haqida 10–15 soniya oldin xabardor bo‘lishi va uni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘ladi. Bu, ayniqsa, harakat davrida boshqa mashinalar signalini eshitishga xalaqit qiluvchi odat — musiqani balandlatib, tinglashni yoqtiradigan avtomobil haydovchilari uchun ahamiyatlidir. EVAM deb nomlangan tizimning sinovi Stokgolmda cheklangan sonli tez yordam avtomobillarida yaqin vaqt mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.phys.org

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq