Las-Vegas yo‘llarida haydovchisiz avtobus harakatlanmoqda
17.02.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Las-Vegas yo‘llariga Navya fransuz kompaniyasi haydovchisiz avtobuslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu mazkur shaharda ushbu sohadagi transportlarning qaldirg‘ochidir.

Albatta, boshqa barcha holatlarda bo‘lganidek, bu ham test loyiha bo‘lib hisoblanadi. Test o‘tkazilgan vaqt davomida Fremont East hududida 12 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan haydovchisiz avtobus harakatlandi. Haydovchisiz avtobus umumiy foydalanishdagiga nisbatan qisqa yo‘nalish bo‘ylab harakatlandi. Shunisi qiziqki, mazkur transportdan sinov uchun foydalanayotgan odamlar tomonidan taqdim etilgan harakat videosini allaqachon tarmoq orqali tomosha qilish imkoni mavjud, undan politsiya avtobus harakatlanayotgan yo‘llarda harakat oqimini cheklayotganligini ko‘rish mumkin. Press-relizda bu haqda yozilmagan. Bundan tashqari, bu borada fikr yuritishda ko‘cha harakati trafigini unutmaslik lozim. Shuningdek, haydovchisiz avtobus ayrim funksiyalarini bajarish uchun salonida operator ham mavjud bo‘ladi, biroq avtobusning o‘zi mustaqil harakatlanadi. Hozircha haydovchisiz avtobusda yo‘l haqi olinmaydi. Avtobus bor-yo‘g‘i 19 km/soat tezlikda harakatlanadi, biroq sinov maqsadiga ko‘ra hozircha bu masala deyarli muhim emas.

Manba: www.businesswire.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq